AsosiyJAMIYAT

O‘zbekistonda Markaziy bankning Islomiy moliya kengashi tashkil etildi

Kengash tarkibiga islom huquqi va moliya sohasi bo‘yicha besh nafar mutaxassis kiritildi.

'O‘zbekistonda Markaziy bankning Islomiy moliya kengashi tashkil etildi'ning rasmi

O‘zbekistonda islomiy moliya faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtiruvchi Markaziy bankning Islomiy moliya kengashi tashkil etildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, kengash islomiy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat banklari, islomiy moliyalashtirish xizmatlarini taqdim etuvchi mikromoliya tashkilotlari, Omonatlarni kafolatlash agentligi hamda Markaziy bank nazorati ostidagi boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi.

Kengash tarkibi islom huquqi va moliya sohasidagi bilimlarga ega bo‘lgan besh nafar a’zodan shakllantirilgan.

Unga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bosh mutaxassisi Saidjamol Masayitov rais etib tayinlandi. Rais o‘rinbosari lavozimiga esa Fatvo markazi bosh mutaxassisi Muhammadayubxon Homidov tayinlangan.

Shuningdek, Fatvo markazi mutaxassislari Hikmatilla Toshtemirov va Abdullatif Tursunov, shuningdek, Orient Audit Group auditorlik kompaniyasining boshqaruvchi hamkori Axrorjon Sa’dullayev ham kengash a’zolari etib tasdiqlangan.

    Boshqa yangiliklar