AsosiyDUNYO

Norvegiyadagi yong‘in 100 dan ortiq uyni vayron qildi

Hodisa oqibatida kamida uch kishi, jumladan, bir nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat olgan.

'Norvegiyadagi yong‘in 100 dan ortiq uyni vayron qildi'ning rasmi

Norvegiya janubidagi Drammen kommunasida sodir bo‘lgan yirik yong‘in oqibatida 100 dan ortiq uy vayron bo‘ldi, yuzlab aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi.

NRK ma’lum qilishicha, yong‘in Krokstadelv shahrida juma kuni tushdan keyin boshlangan. Dastlab bir xonadonda chiqqan olov qisqa vaqt ichida qo‘shni uylar va atrof hududlarga tarqalgan.

Hodisa oqibatida kamida uch kishi, jumladan, bir nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat olgan. Shuningdek, sakkiz nafar politsiya xodimi tutundan zaharlangan.

Vestfoll hududlararo yong‘in xavfsizligi xizmati rahbari Yan Helge Kayserning ma’lum qilishicha, 18 iyul kuni ertalab yong‘in nazorat ostiga olingan, ammo uni to‘liq o‘chirish ishlari davom etmoqda. Hududda va yaqin o‘rmonlarda hali ham bir nechta yong‘in o‘choqlari saqlanib qolgan.

Yong‘inni bartaraf etish ishlariga o‘nta yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi jalb qilingan.

    Boshqa yangiliklar