AsosiyJAMIYAT

O‘zbekistonda bond omborlarini tashkil etishning yangi tartibi tasdiqlandi

Bond ombori faoliyatini yuritishga erkin ombor faoliyatini litsenziyalash tartibi asosida hamda bond omborlari reestriga kiritilgan taqdirda ruxsat beriladi.

'O‘zbekistonda bond omborlarini tashkil etishning yangi tartibi tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan “Bond ombori faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Hujjatga muvofiq, nizom bond omborlarini tashkil etish, ularga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, tovarlarni bond omboriga joylashtirishda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi tartibini belgilaydi.

Belgilanishicha, bond ombori faoliyatini yuritishga erkin ombor faoliyatini litsenziyalash tartibi asosida hamda bond omborlari reestriga kiritilgan taqdirda ruxsat beriladi.

Bond omborlarida maxsus elektron savdo platformalari orqali jismoniy shaxslarga sotiladigan chet el tovarlarini saqlash, tovarlarning butligini ta’minlash, shuningdek, oddiy yig‘ish kabi operatsiyalarni amalga oshirish mumkin.

Nizomga ko‘ra, bond omborini tashkil etish uchun ombor joylashgan hududda amaldagi litsenziyaga ega erkin ombor mavjud bo‘lishi, maxsus elektron savdo platformasi bilan hamkorlik shartnomasi tuzilgan bo‘lishi hamda umumiy maydoni kamida 15 ming kvadrat metr bo‘lgan erkin omborga ega bo‘lish kabi talablar belgilangan.

Bojxona qo‘mitasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Shundan so‘ng ariza beruvchiga bond omborlari reestriga kiritish yoki rad etish haqida rasmiy javob yuboriladi.

    Boshqa yangiliklar