AsosiyDUNYO

FIFA prezidentligi uchun yangi da'vogar paydo bo'ldi

Parijning "PSJ" klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfiy 2027 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan FIFA prezidentlik saylovida o‘z nomzodini ilgari surishi mumkin.

'FIFA prezidentligi uchun yangi da'vogar paydo bo'ldi'ning rasmi

Parijning "PSJ" klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfiy 2027 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan FIFA prezidentlik saylovida o‘z nomzodini ilgari surishi mumkin. Bu haqda "The Touchline" nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, UEFA tarkibidagi ayrim milliy assotsiatsiyalar bo‘lajak saylovlarda amaldagi FIFA prezidenti Janni Infantinaga munosib raqobat qila oladigan yagona nomzodni izlamoqda. Muhokama qilinayotgan asosiy nomzodlardan biri sifatida esa Nosir Al-Xelayfiy nomi tilga olinmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, uning nomzodini Belgiya va Polsha futbol federatsiyalari qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Biroq hozircha "PSJ" rahbari saylovda ishtirok etish bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan. Shu sababli, hozircha gap faqat ehtimoliy nomzod haqida ketmoqda.

Shu bilan birga, Bosniya va Gersegovina, Norvegiya, Shvetsiya, Germaniya hamda Ispaniya futbol mutasaddilari Yevropadan boshqa ehtimoliy nomzodlar bo‘yicha ham muzokaralar olib bormoqda. Ular orasida Varshavaning "Legiya" klubi egasi Dariush Myodunski nomi ham qayd etilgan.

Qayd etilishicha, AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunga ko‘rsatilgan qizil kartochka bilan bog‘liq mojarodan so‘ng Janni Infantino rahbariyatiga nisbatan tanqidlar kuchaygan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, UEFA tekshiruvlardan keyin FIFA o‘z vakolat doirasidan chetga chiqqanini bildirgan.

Shunga qaramay, Yevropadagi noroziliklarga qaramasdan, Infantino boshqa qit’a konfederatsiyalarining qo‘llovi sabab o‘z mavqeini saqlab turibdi. Shuning uchun unga raqib paydo bo‘lishi hozircha FIFA rahbarligidan ketishini anglatmaydi.

    Boshqa yangiliklar

    FIFA prezidentligi uchun yangi da'vogar paydo bo'ldi - Darakchi.uz