AsosiyDUNYO

Teytlar AQSHda og‘ir ayblovlar bo‘yicha hibsga olindi

Teytlarga nisbatan zo‘ravonlik, zo‘rlash va jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosiga aloqador bir nechta ayblovlar ilgari surilgan.

'Teytlar AQSHda og‘ir ayblovlar bo‘yicha hibsga olindi'ning rasmi

Kecha 18 iyul kuni internetda tanilgan aka-uka Endryu va Tristan Teyt AQSHda zo'rlash va odam savdosi bilan bog'liq ayblovlar asosida hibsga olindi. Bu haqda Buyuk Britaniya Qirollik prokuraturasi ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Endryu Teytga nisbatan 32 ta yangi ayblov qo'yilgan. Ular orasida zo'rlash, jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosini tashkil etish yoki unga yordamlashish, tan jarohati yetkazish hamda noqonuniy kontentlar bilan bog'liq bandlar bor.

Tristan Teytga esa zo'ravonlik, zo'rlash va jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosiga aloqador bir nechta ayblovlar ilgari surilgan.

Prokuratura ma'lum qilishicha, mazkur holatlar 2010–2017 yillar oralig'ida sodir etilgani aytilmoqda. Avvalroq aka-uka Teytlarga nisbatan yana bir qator jinoiy ayblovlar qo'yilgan edi.

OAV xabarlariga ko'ra, ular AQSH Marshallar xizmati tomonidan Mayami shahridagi sport majmuasi yaqinida qo'lga olingan. Endryu Teyt u yerda qo'l jangi bo'yicha musobaqa o'tkazishi rejalashtirilgan edi.

Endryu Teyt kikboksing bo'yicha to'rt karra jahon chempioni sifatida tanilgan. Sport faoliyatini yakunlagandan so'ng u internetdagi faoliyati bilan mashhur bo'lgan. Uning ukasi Tristan Teyt ham kikboksing bo'yicha Yevropa chempioni hisoblanadi.

Aka-uka Teytlar ijtimoiy tarmoqlardagi bahsli chiqishlari va ayollarga nisbatan keskin qarashlari bilan keng tanilgan. 2024 yilda ularga nisbatan Ruminiyada ham jinoiy ish doirasida ayblovlar ilgari surilgan.

    Boshqa yangiliklar

    Teytlar AQSHda og‘ir ayblovlar bo‘yicha hibsga olindi - Darakchi.uz