AsosiyDUNYO

Xomanaiy: AQSH prezidenti imzosining qiymati yo‘qligi kelishuvlar buzilishi orqali yana ko‘rsatildi

Xomanaiy AQSH yana o‘zining "haqiqiy qiyofasi"ni namoyon qilganini aytdi va harakatlarini tanqid qildi.

'Xomanaiy: AQSH prezidenti imzosining qiymati yo‘qligi kelishuvlar buzilishi orqali yana ko‘rsatildi'ning rasmi

Eron oliy rahbari Mojtaba Xomanaiy Eron va AQSh o‘rtasidagi kelishuv buzilgani haqida bayonot berdi. Uning ta’kidlashicha, Vashingtonning kelishuvdan voz kechishi AQSh prezidenti imzosining ishonchliligi va ahamiyatiga shubha uyg‘otadi.  Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Xomanaiy o‘z bayonotida AQShni tanqid qilib, mamlakatning xalqaro kelishuvlarga munosabati doimiy ravishda savol ostida qolib kelayotganini bildirdi. U Vashingtonning harakatlarini "kelishuvlarni buzish" deb baholadi.

Uning ta’kidlashicha, AQShning bir necha bor kelishuvlardan chekinishi Amerika prezidenti imzosining "qiyamati va ishonchliligi"ga shubha uyg‘otadi. Xomanaiy Vashington yana o‘zining "haqiqiy qiyofasi"ni namoyon qilganini aytdi va AQSh harakatlarini tanqid qildi.

Eron oliy rahbari, shuningdek, mamlakat xalqi davlat institutlariga ishonchni saqlab qolishi, milliy manfaatlarni himoya qilish va jamiyatda birlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

Xomanaiy Eron va "Qarshilik o‘qi" AQSh bilan qarama-qarshilik jarayonida "unutulmas saboqlar" olganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar keskinlik yana kuchaysa, Tehron va uning ittifoqchilari bunga javob berishga tayyor.

    Boshqa yangiliklar

    Xomanaiy: AQSH prezidenti imzosining qiymati yo‘qligi kelishuvlar buzilishi orqali yana ko‘rsatildi - Darakchi.uz