AsosiyJAMIYAT

Toshkent atrofidagi issiqxonalar uchun soliq 10 baravar oshirilishi mumkin

Yangi tartib issiqxonalarning ekologik ta'sirini kamaytirish va energiya tejamkor texnologiyalarni rag‘batlantirishga qaratilgan.

'Toshkent atrofidagi issiqxonalar uchun soliq 10 baravar oshirilishi mumkin'ning rasmi

Toshkent shahri va viloyatining ayrim hududlaridagi issiqxona xo‘jaliklari uchun yer hamda mol-mulk solig‘ini oshirish taklif etilmoqda. Bu haqdagi qonun loyihasi 31 iyulgacha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

Loyihaga ko‘ra, Toshkent shahri, shuningdek, Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota va Toshkent tumanlarida joylashgan issiqxonalar egallagan qishloq xo‘jaligi erlari uchun yer solig‘i amaldagi stavkaning 10 baravari miqdorida belgilanishi mumkin.

Shu bilan birga, isitish qozonxonalari olib tashlangan yoki elekt energiyasi orqali isitiladigan issiqxonalarga ushbu oshirilgan soliqlar tatbiq etilmaydi.

Yangi tartibdan maqsad — issiqxona xo‘jaliklarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish va ekologik xavfsiz, energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanishni rag‘batlantirish.

Shuningdek, zararli yoqilg‘ilardan foydalanadigan yangi issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishni cheklash va ekologik talablarga javob bermaydigan issiqxonalarni Surxondaryo viloyatidagi "Surxon-Agro" erkin iqtisodiy zonasiga bosqichma-bosqich ko‘chirish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar

    Toshkent atrofidagi issiqxonalar uchun soliq 10 baravar oshirilishi mumkin - Darakchi.uz