AsosiyJAMIYAT

2026/2027-o'quv yili uchun davlat stipendiyalari kvotalari tasdiqlandi

Ajratilgan kvotalar oliy ta'lim muassasalari va ta'lim yo'nalishlari kesimida taqsimlangan.

'2026/2027-o'quv yili uchun davlat stipendiyalari kvotalari tasdiqlandi'ning rasmi

2026/2027-oʻquv yilida Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun davlat stipendiyalari kvotalari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 15 iyuldagi xatida maʼlum qilingan.

Hujjatga koʻra, respublikadagi 335 ming 471 nafar yuqori bosqich talabasidan 776 nafari davlat stipendiyasiga ega boʻladi.

Stipendiyalar quyidagicha taqsimlangan:

Prezident stipendiyasi — 187 ta;
Islom Karimov stipendiyasi — 194 ta;
Navoiy stipendiyasi — 175 ta;
Bobur stipendiyasi — 51 ta;
Imom al-Buxoriy stipendiyasi — 44 ta;
Beruniy stipendiyasi — 38 ta;
Ibn Sino stipendiyasi — 33 ta;
Abdulla Avloniy stipendiyasi — 16 ta;
Ulugʻbek stipendiyasi — 13 ta;
Toʻlepbergen Qayipbergenov stipendiyasi — 11 ta;
Ibroim Yusupov stipendiyasi — 11 ta;
Pahlavon Mahmud stipendiyasi — 3 ta.

Ajratilgan kvotalar oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari kesimida taqsimlangan.

Eng koʻp stipendiya kvotasi Qoraqalpoq davlat universitetiga ajratilgan — 14 ta. Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Urganch davlat universiteti va Fargʻona davlat universitetiga 11 tadan kvota berilgan.

Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent kimyo xalqaro universitetiga 9 tadan davlat stipendiyasi kvotasi ajratilgan.

Hujjatga koʻra, Prezident va Islom Karimov stipendiyalari barcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ajratiladi.

Navoiy stipendiyasi gumanitar, Beruniy stipendiyasi texnika, Ibn Sino stipendiyasi tibbiyot, Bobur stipendiyasi tarix va geografiya, Abdulla Avloniy stipendiyasi pedagogika, Ulugʻbek stipendiyasi esa tabiiy fanlar yoʻnalishlari talabalari uchun moʻljallangan.

Imom al-Buxoriy stipendiyasi Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalariga, Toʻlepbergen Qayipbergenov va Ibroim Yusupov stipendiyalari esa Qoraqalpogʻistondagi oliy taʼlim muassasalari talabalariga beriladi.

    Boshqa yangiliklar