AsosiyJAMIYAT

O'zbekistonda birinchi AES qurilishida Belarus tajribasidan foydalaniladi

Shavkat Mirziyoyev 20 iyul kuni Belarus Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Viktor Karankevich boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

'O'zbekistonda birinchi AES qurilishida Belarus tajribasidan foydalaniladi'ning rasmi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 iyul kuni Belarus Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Viktor Karankevich boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O'zbekiston va Belarus o'rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 8–9 iyul kunlari Belarus poytaxti Minsk shahriga amalga oshirgan rasmiy tashrifi, ayniqsa, savdo-iqtisodiy sohada muhim natijalar bergan.

Tomondar tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga etkazish, shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha kelishuvlarni o'z vaqtida bajarish muhimligini ta'kidlagan.

Uchrashuvda O'zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi va unga turdosh infratuzilmani barpo etishda Belarus tajribasidan foydalanish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.

Shuningdek, bo'lajak AESni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini ekspertlik jihatidan qo'llab-quvvatlash, atom energetikasi sohasi uchun milliy kadrlar tayyorlash hamda tegishli oliy ta'lim muassasalari o'rtasida qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilingan.

Uchrashuv avvalidida Viktor Karankevich Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Shavkat Mirziyoyevga samimiy salomi va ezgu tilaklarini etkazgan.

    Boshqa yangiliklar