AsosiyJAMIYAT

Polshada qamalgan namanganlik fuqaro muddatidan avval ozod qilinib, O‘zbekistonga qaytarildi

Zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va kuzatuv ishlari yakunlangach, fuqaroning Polsha hududidan chiqib ketishi tashkil etilgan.

'Polshada qamalgan namanganlik fuqaro muddatidan avval ozod qilinib, O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

Polshada jazo muddatini o‘tayotgan namanganlik fuqaro muddatidan avval shartli ravishda ozod qilinib, O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi diplomatlari «Artur Grabowski» advokatlik byurosi hamda Polsha Chegara xizmati bilan hamkorlikda olib borgan muzokaralar natijasida I.M. muddatidan avval shartli ravishda ozod qilingan.

U avvalroq Polshada o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasini sodir etgani uchun mamlakat Jinoyat kodeksining tegishli moddasi asosida sudlangan va 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Elchixona tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar hamda Yevropa Ittifoqining Chegara va sohil qo‘riqlash agentligi (Frontex) ko‘magida fuqaro uchun "Varshava–Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta xarid qilingan.

    Boshqa yangiliklar