AsosiyJAMIYAT

17 nafar hokimning lavozimiga loyiqligi bugun ko‘rib chiqiladi

Videoselektor yig'ilishida birinchi yarim yillik yakunlari bo'yicha sanoat va eksport ko'rsatkichlari ham tanqidiy tahlil qilindi.

'17 nafar hokimning lavozimiga loyiqligi bugun ko‘rib chiqiladi'ning rasmi

Birinchi chorak yakunida sanoat rejasini bajara olmagan 13 nafar tuman hokimi va eksport hajmini kamaytirgan 15 nafar tuman hokimi jazohlangan edi. Ko‘pchilik hokimlar bundan xulosa chiqarib, olti oylik prognoz ko‘rsatkichlarini bajargan.

Biroq ayrim tuman va shaharlarda sanoat o‘sishi sur’ati pasaygani qayd etildi.

Yangiobod tumanida sanoat o‘sishi prognoz qilingan 5,7 foiz o‘rniga atigi 1,8 foizni tashkil etgan. G‘ozg‘on shahri, Muzrabot, Qiziriq va Oltiariq tumanlarida ham o‘sish sur’ati pasaygan.

Eksport yo‘nalishida ham qator tuman va shaharlarda o‘zgarish bo‘lmagani ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, Kasbi, Denov, Toshkent tumani, Jizzax shahri, Paxtaobod, Navoiy shahri, Jomboy, Toyloq, Bandixon, Mirzacho‘l, Yozyovon va Bektemirda ishlar susaygani tanqid qilindi.

Bosh vazirga ushbu 17 nafar hokimning lavozimiga loyiqligini bugunning o‘zida ko‘rib chiqish topshirildi.

Shuningdek, to‘qqiz oy yakuniga qadar o‘zgarish bo‘lmasa, viloyat hokimlarining o‘rinbosarlariga nisbatan ham qat’iy chora ko‘rilishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar