Yil boshidan soliq tushumlari 27 foizga ko‘payib, 130 trillion so‘mdan oshgan. Biroq qo‘shimcha tushumlar bo‘yicha yillik reja atigi 40 foizga bajarilgan. Bu 12 trillion so‘mni tashkil etadi.
Viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari soliq tushumlarini oshirish bo‘yicha korxonalar bilan yetarlicha ishlamayotgani qayd etildi.
Buxoro viloyati misolida aylanmasi 100 million so‘mdan yuqori bo‘lgan 162 ta korxona ketma-ket uch yil faoliyatini zarar bilan yakunlagani sababli bir so‘m ham foyda solig‘i to‘lamagani aytildi.
Shuningdek, 1,5 mingta korxona qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lamasdan, faqat QQSnni hisobga olib kelgani qayd etildi.
Shu sababli Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
1 iyuldan 498 ta yirik soliq to‘lovchi korxonadan soliq undirish vakolati viloyatlarga berilgani qayd etildi. Endi bu borada birorta bahonaga o‘rin qolmaganini ta’kidlandi.
Viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari va viloyat soliq boshqarmalari rahbarlariga mazkur korxonalar bilan yaqindan ishlash hamda soliqlarni to‘liq undirishni ta’minlash topshirildi.






