AsosiyJAMIYAT

Tramp Kanadaning ayrim mahsulotlariga 50 foizlik boj joriy qildi

Oq uy mazkur qarorni Kanada tomonidan AQSH mahsulotlariga nisbatan qo‘llanayotgan savdo cheklovlari bilan izohlagan.

'Tramp Kanadaning ayrim mahsulotlariga 50 foizlik boj joriy qildi'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Kanada importining qariyb 20 milliard dollarlik qismiga 50 foizlik boj joriy etish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda "Zamon.uz" maʼlum qildi.

Oq uy mazkur qarorni Kanada tomonidan AQSh mahsulotlariga nisbatan qoʻllanayotgan savdo cheklovlari bilan izohlagan.

Yangi tariflar vino, mebel, sport anjomlari va boshqa qator mahsulotlarni qamrab oladi. Biroq energetika mahsulotlari, kaliy oʻgʻitlari, baliq mahsulotlari hamda muhim foydali qazilmalar yangi bojlar roʻyxatiga kiritilmagan.

Kanada Bosh vaziri Mark Karni Trampning qarorini AQSh–Kanada–Meksika erkin savdo kelishuviga zid deb baholadi. U hukumati Kanada ishchilari va korxonalarini himoya qilishini hamda AQSh bilan savdo muzokaralarini yanada jadallashtirishini bildirdi.

Karni, shuningdek, zarurat tugʻilgan taqdirda Kanada javob choralarini koʻrishi mumkinligini taʼkidladi. Tomonlarga yangi tariflar kuchga kirguniga qadar muzokaralar olib borish uchun 30 kunlik muddat berilgan.

Mutaxassislar yangi bojlar Shimoliy Amerikadagi savdo munosabatlarini yanada keskinlashtirishi, ayrim mahsulotlar narxi oshishi va ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy ziddiyatlar kuchayishiga olib kelishi mumkinligini taʼkidlamoqda.

    Boshqa yangiliklar