AsosiyJAMIYAT

Tadbirkorlar milliy brendlar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan Raqobat qo‘mitasiga murojaat qilishi mumkin

Murojaat va takliflarni Raqobat qo‘mitasining rasmiy @rquzbot Telegram-boti orqali yuborish mumkin.

'Tadbirkorlar milliy brendlar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan Raqobat qo‘mitasiga murojaat qilishi mumkin'ning rasmi

Raqobat qo'mitasi milliy brendlar egalari bo'lgan ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan muammolar bo'yicha murojaat va takliflarni qabul qilishini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, tadbirkorlar mahalliy mahsulotlarga nisbatan insofsiz raqobat, jumladan, demping narxlar qo'llanilishi, tovar belgilarining qalbakilashtirilishi, milliy brendlarni obro'sizlantirish va noto'g'ri taqqoslash kabi holatlar yuzasidan murojaat qilishi mumkin.

Shuningdek, tijorat siri yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirlarni egasining roziligisiz olish, ulardan foydalanish yoki oshkor etish, tovar va moliya bozoriga kirishga to'sqinlik qilish, bozordan chetlashtirish hamda import qilinayotgan kontrafakt mahsulotlar bo'yicha ham murojaatlar qabul qilinadi.

Bundan tashqari, tadbirkorlar faoliyat yuritishdagi byurokratik to'siqlar, ichki va tashqi bozorlarga chiqishdagi muammolar hamda raqobatni cheklayotgan boshqa holatlar haqida xabar berishi mumkin.

Murojaat va takliflarni Raqobat qo'mitasining rasmiy @rquzbot Telegram-boti orqali yuborish mumkin.

Qo'mita barcha murojaatlarni o'rganib, aniqlangan muammolarni hal etish bo'yicha tegishli choralar ko'rilishini ma'lum qildi.

    Boshqa yangiliklar