AsosiyJAMIYAT

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Қозоғистон Президенти Қосим-Жомарт Тўқаевнинг фармони билан Ерали Луқпанович Туғжанов мамлакатнинг Ўзбекистондаги Фавқулодда ва Мухтор элчиси этиб тайинланди.

'Qozog‘istonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi'ning rasmi

Erali Tug'janov 1963 yil 13 mayda G'arbiy Qozog'iston viloyatida tug'ilgan. U 1988 yilda Qarag'anda davlat universitetini, 1994 yilda Qozog'iston Fanlar akademiyasining Davlat va huquq institutini tamomlagan. Tug'janov huquq fanlari nomzodi va siyosatshunoslik doktori hisoblanadi.

U mehnat faoliyatini 1980 yilda o'rmon xo'jaligida ishchi sifatida boshlagan. Keyinchalik Qarag'anda davlat universitetida o'qituvchi, Qozog'iston davlat yuridik universitetida dekan va institut direktori lavozimlarida ishlagan.

2001–2006 yillarda Qarag'anda viloyati hokimi o'rinbosari, 2006–2008 yillarda Adliya vazirligining Din ishlari qo'mitasi raisi bo'lgan. 2008–2017 yillarda esa Qozog'iston Xalqi Assambleyasi raisi o'rinbosari va kotibiyati rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tug'janov 2017–2019 yillarda Mang'istau viloyati hokimi, 2019–2020 yillarda Qozog'iston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi bo'lgan. 2020–2022 yillarda Qozog'iston Bosh vaziri o'rinbosari, 2022–2023 yillarda Aqtobe viloyati hokimi lavozimlarida ishlagan.

2024 yil may oyidan buyon Qozog'iston Bosh vazirining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar

    Qozog‘istonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi - Darakchi.uz