AsosiyJAMIYAT

Samarqandda YPH xodimi urib yuborgan piyoda vafot etdi

Ma'lum bo'lishicha, hodisa 21 iyul kuni soat taxminan 18:15 larda Samarqand shahridagi Shabbod ko'chasida sodir bo'lgan.

'Samarqandda YPH xodimi urib yuborgan piyoda vafot etdi'ning rasmi

Samarqand shahrida Yoʻl-patrul xizmati xodimi xizmat avtomobilida yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib yubordi. Oqibatda 1951 yilda tugʻilgan ayol vafot etdi.

Maʼlum boʻlishicha, hodisa 21 iyul kuni soat taxminan 18:15 larda Samarqand shahridagi Shabbod koʻchasida sodir boʻlgan.

Kuzatuv kameralariga tushgan tasvirlarda YPH xodimi oʻziga biriktirilgan "Tracker" rusumli patrul avtomobilini boshqarib ketayotib, yoʻlni kesib oʻtayotgan S.A. ismli ayolni urib yuborgani aks etgan.

Samarqand viloyati IIBB YHXB maʼlumotiga koʻra, piyoda yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtayotgan boʻlgan.

Olingan tan jarohatlari oqibatida ayol voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar