AsosiyJAMIYAT

Shavkat Mirziyoyev Toshkent–Samarqand yo‘nalishidagi yangi avtomobil yo‘li qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent–Samarqand yo‘nalishidagi yangi avtomobil yo‘li qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

'Shavkat Mirziyoyev Toshkent–Samarqand yo‘nalishidagi yangi avtomobil yo‘li qurilishiga tamal toshi qo‘ydi'ning rasmi

Davlat rahbari so‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti 3 baravarga oshganini ta’kidladi. 2030 yilgacha mamlakat iqtisodiyoti hajmini 240 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.

Bugun O‘zbekiston hududidan xalqaro ahamiyatga ega 4 ming kilometr tranzit yo‘l o‘tadi. Ayni paytda xalqaro yo‘llarning 30 foizi to‘liq quvvatda, yana 25 foizi esa ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda.

"Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston" va Transafg‘on temir yo‘llari ishga tushgach, O‘zbekiston Tinch okeanidan Yevropagacha bo‘lgan eng qisqa quruqlik yo‘lagining asosiy bo‘g‘iniga aylanadi. Shuningdek, Pokiston portlari orqali Hind okeani va qariyb 2 milliard aholi istiqomat qiladigan Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston yiliga qo‘shimcha 15–20 million tonna xalqaro tranzit yukini qabul qilsa, 400–600 million dollar daromad olinadi. Shuningdek, logistika markazlari va terminallar qurilishiga 3 milliard dollar investitsiya jalb etilib, kamida 50 mingta barqaror ish o‘rni yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar