AsosiyJAMIYAT

3,5 mlrd so‘mlik avto ehtiyot qismlarini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, deklaratsiya qilinmagan tovarlarning umumiy qiymati qariyb 3 milliard 500 million so‘mni tashkil etgan.

'3,5 mlrd so‘mlik avto ehtiyot qismlarini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi'ning rasmi

Buxoro viloyatida qiymati qariyb 3,5 milliard so‘mlik avtomobil ehtiyot qismlarini bojxona nazoratidan yashirgan holda O‘zbekistonga olib kirishga urinish fosh etildi. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat viloyat bojxona boshqarmasiga qarashli "Olot" chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlangan.

Xorijdan import tartibida olib kirilgan yuk "Xavfni boshqarish" avtomatlashtirilgan tizimi orqali "sariq" yo‘lakka yo‘naltirilgan. Biroq yukning rentgen tasviri hamda kuzatuv hujjatlaridagi ma’lumotlar bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan.

Shundan so‘ng o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi davomida yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan 3 tonnadan ortiq avtomobil ehtiyot qismlari borligi aniqlangan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, deklaratsiya qilinmagan tovarlarning umumiy qiymati qariyb 3 milliard 500 million so‘mni tashkil etgan.

Ayni paytda mazkur tovarlar vaqtincha saqlovga olingan. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar