Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida qishloq xo‘jaligi ekinlarini do‘ldan himoya qilish maqsadida 18 ta "Alazan-6" do‘lga qarshi raketa qo‘llanildi. Bu haqda "O‘zgidromet" xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 23 iyul kuni Qirg‘iziston hududidan Yangiqo‘rg‘on tomon konvektiv do‘lli bulutlar siljigan. Buning natijasida hududda kuchli do‘l yog‘gan.
Shundan so‘ng Yangiqo‘rg‘on gidrometeorologiya majmuasi mutaxassislari do‘l yog‘ishining davom etishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini uning salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida do‘lli bulutlarga ta’sir ko‘rsatish ishlarini amalga oshirgan.
Jami 18 ta "Alazan-6" do‘lga qarshi raketa ishlatilgan. Ulardan 6 tasi 1-sonli texnologik qo‘mondonlik punktidan Iskovot, Yangihayot va Xadikent yo‘nalishlarida, yana 6 tasi 3-sonli punktdan Bog‘iston va O‘rtayalong‘och yo‘nalishlarida uchirilgan.






