AsosiyJAMIYAT

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 69 yoshni qarshi oldi

Darakchi.uz jamoasi Prezident Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

'Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 69 yoshni qarshi oldi'ning rasmi

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 69 yoshni qarshi oldi.

Shavkat Mirziyoyev 1957 yil 24 iyul kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokorlar oilasida tavallud topgan.

U 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida saylovchilarning 88,61 foiz ovozini to‘plab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan. 2016 yil 14 dekabr kuni davlat rahbari sifatida o‘z vakolatlarini bajarishga kirishgan.

Darakchi.uz jamoasi Prezident Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Davlat rahbariga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va mamlakat taraqqiyoti yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

    Boshqa yangiliklar