AQSh rasmiylari 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida g'olib bo'lgan Ispaniya terma jamoasining mukofot pulidan 30 foiz soliq undirishni rejalashtirmoqda. Xorijiy manbalarga tayanib Zamon.uz xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Ispaniya terma jamoasi turnirdagi g'alabasi uchun 53,5 million dollar mukofot puli olgan. AQSh soliq qonunchiligiga ko'ra, ushbu mablag'ning 16,05 million dollardan ortiq qismi soliq sifatida undirilishi mumkin.
Qayd etilishicha, FIFA odatda musobaqa g'oliblarini mezbon davlatdagi soliqlardan ozod qiladi. Biroq AQSh tomoni bu holatda Ispaniya terma jamoasi yagona tashkilot emas, balki alohida soliq to'lovchilardan iborat delegatsiya sifatida baholanishi kerakligini bildirgan.
Ayrim AQSh kongress a'zolari xorijiy delegatsiyalar mamlakat soliq talablarini oldindan hisobga olishi kerakligini ta'kidlagan. Shu bilan birga, ba'zi qonunchilar qo'llanilayotgan 30 foizlik soliq stavkasini tanqid qilgan.






