AsosiyJAMIYAT

Yaponiya noqonuniy yashagan ikki nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi

Ulardan biri texnik amaliyotchi dasturi, ikkinchisi esa qisqa muddatli viza bilan Yaponiyaga kirib, ruxsat etilgan muddat tugagach ham mamlakatni tark etmagan.

'Yaponiya noqonuniy yashagan ikki nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi'ning rasmi

Yaponiya Immigratsiya xizmati mamlakat hududida noqonuniy yashab kelgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosini deportatsiya qildi. Bu haqda Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqarolardan biri Yaponiyaga "texnik amaliyotchi" vizasi bilan kirgan. Viza muddati tugaganiga qaramasdan, mamlakatni tark etmagan va keyinchalik huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan.

Ikkinchi fuqaro esa qisqa muddatli viza bilan Yaponiyaga borgan. U ham ruxsat etilgan muddat tugagach mamlakatda noqonuniy qolib ketgan va keyinchalik ushlangan.

Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi mamlakatda noqonuniy yashash yoki noqonuniy mehnat faoliyati bilan shugʻullangan shaxslarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilishini eslatdi.

Unga koʻra, qoidabuzarlar politsiya tomonidan ushlanishi, immigratsiya markaziga joylashtirilishi va keyinchalik deportatsiya qilinishi mumkin.

Shuningdek, Yaponiya hukumati qonunbuzarlar haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston tomoniga ham taqdim etadi. Shu bois, fuqarolar vatanga qaytgach, ularga nisbatan tegishli choralar koʻrilishi mumkinligi taʼkidlangan.

    Boshqa yangiliklar