Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 25 iyul — Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrik yo'lladi.
U o'z tabrigida sudyalar va sud tizimi xodimlarining odil sudlovni ta'minlashdagi mas'uliyati va o'rni muhim ekanini ta'kidladi.
Mirziyoyeva soha xodimlariga mustahkam sog'liq, kuch-g'ayrat, qat'iyat hamda adolat tamoyillariga doimo sodiq qolishlarini tiladi.
Ta'kidlanganidek, adolatli va mustaqil sud tizimini shakllantirishda sudyalar hamda sud tizimi xodimlarining faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.






