AsosiyJAMIYAT

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 million so‘mdan oshdi

Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

'O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 million so‘mdan oshdi'ning rasmi

O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar–iyun oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 7 million so‘mdan yuqori bo‘ldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda respublika bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 million 091,1 ming so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 18,4 foizga oshgan.

Hududlar orasida eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahrida qayd etildi — 12 million 013,9 ming so‘m. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,2 foiz ko‘p.

Shuningdek, Navoiy viloyatida o‘rtacha oylik ish haqi 8 million 722,7 ming so‘mni, Toshkent viloyatida 6 million 675,7 ming so‘mni, Andijon viloyatida 5 million 683,6 ming so‘mni, Buxoro viloyatida 5 million 618,2 ming so‘mni tashkil etgan.

Eng past ko‘rsatkichlar Qashqadaryo viloyatida — 4 million 864,7 ming so‘m, Surxondaryo viloyatida — 4 million 937,3 ming so‘m hamda Farg‘ona viloyatida — 5 million 163,5 ming so‘m qayd etilgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng yuqori ish haqi bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik sohasida kuzatilgan. Bu yo‘nalishda o‘rtacha oylik ish haqi 19 million 100,2 ming so‘mni tashkil etgan.

Axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 17 million 417,4 ming so‘m, tashish va saqlash sohasida 11 million 070 ming so‘m, sanoatda 8 million 267 ming so‘m, savdo sohasida esa 7 million 650,5 ming so‘mga yetgan.

Ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 million 977,1 ming so‘mni, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 4 million 440,3 ming so‘mni tashkil qilgan.

    Boshqa yangiliklar

    O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 million so‘mdan oshdi - Darakchi.uz