AsosiyDUNYO

Braziliya saylovlar oldidan Tramp amaldorlariga viza bermadi

Mazkur qaror ikki davlat o‘rtasidagi so‘nggi siyosiy ziddiyat sifatida baholanmoqda.

'Braziliya saylovlar oldidan Tramp amaldorlariga viza bermadi'ning rasmi

Braziliya Tashqi ishlar vazirligi AQSh Davlat departamentining ikki xodimiga viza berilmaganini ma'lum qildi. Ular kelasi hafta Braziliyaga borishni rejalashtirgan edi. Bu haqda CBS News xabar berdi.

Mazkur qaror ikki davlat o'rtasidagi so'nggi siyosiy ziddiyat sifatida baholanmoqda. AQSh OAVlari xabarlariga ko'ra, amerikalik amaldorlar Braziliyadagi oktyabr oyida bo'lib o'tadigan saylovlar masalasini muhokama qilishni rejalashtirgan.

Braziliya rasmiylari viza rad etilishining sabablarini ochiqlamagan.

So'nggi vaqtlarda Braziliya va AQSh o'rtasida savdo, saylov jarayonlari hamda siyosiy masalalar bo'yicha kelishmovchiliklar kuchaygan. AQSh tomoni ayrim Braziliya mahsulotlariga bojlarni oshirgan bo'lsa, Braziliya hukumati bu qarorlarni tanqid qilgan.

AQSh Davlat departamenti esa rejalashtirilgan tashrif saylov jarayonlari, diniy erkinlik va so'z erkinligi bo'yicha oddiy uchrashuvlardan iborat bo'lishini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar