AsosiyDUNYO

Badaxshonda “Tolibon” kuchlari va muxolifat o‘rtasida jang bo‘ldi

Tomonlar voqea tafsilotlari va qurbonlar soni boʻyicha turlicha maʼlumot bermoqda.

'Badaxshonda “Tolibon” kuchlari va muxolifat o‘rtasida jang bo‘ldi'ning rasmi

Afgʻonistonning shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyati Zebak tumanida “Tolibon” kuchlari va Afgʻoniston Ozodlik fronti (AFF) oʻrtasida qurolli toʻqnashuv sodir boʻldi. Xorijiy manbalarga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Mahalliy manbalarga koʻra, janglar payshanba kuni kechqurun boshlanib, bir necha soat davom etgan. Ozodlik fronti siyosiy qoʻmitasi rahbari Dovud Najiy toʻqnashuvni “hal qiluvchi jang” deb atagan.

“Tolibon”ning 219-Omar-e-Salis diviziyasi ham toʻqnashuv boʻlganini tasdiqlagan. Ularning maʼlum qilishicha, chegara qoʻshinlari besh nafar hujumchini yoʻq qilgan. Shuningdek, hujumchilar Pokistonning Chitral hududidan kirib kelgani aytilgan.

Tomonlarning qurbonlar haqidagi maʼlumotlari hozircha mustaqil tasdiqlanmagan.

Tahlilchilar Badaxshonda qurolli qarshilik kuchayishini “Tolibon” boshqaruvidan norozilik, etnik vakillik, boshqaruv muammolari hamda tabiiy resurslar bilan bogʻliq omillar bilan izohlamoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Badaxshonda “Tolibon” kuchlari va muxolifat o‘rtasida jang bo‘ldi - Darakchi.uz