AsosiyJAMIYAT

Aholining banklar oldidagi qarzi bir yilda 40 trln so‘mga yaqinlashdi

Kreditlarning asosiy qismi davlat banklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

'Aholining banklar oldidagi qarzi bir yilda 40 trln so‘mga yaqinlashdi'ning rasmi

O'zbekiston aholisining banklar oldidagi kredit qarzdorligi bir yilda 39,5 trln so'mga ko'paydi. Bu haqda Markaziy bank ma'lumotlarida keltirilgan.

2026 yil 1 iyul holatiga ko'ra, banklardagi jami kredit qoldig'i 642,8 trln so'mni tashkil etgan. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 67,6 trln so'mga ko'p.

Shundan 235,86 trln so'mga yaqini aholi hissasiga to'g'ri keladi. Korxonalarning kredit qoldig'i esa 406,94 trln so'm bo'lib, bir yilda 28,6 trln so'mga oshgan.

Kreditlarning asosiy qismi davlat banklari hissasiga to'g'ri kelmoqda — 422,2 trln so'm. Xususiy banklar tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi esa 220,5 trln so'mni tashkil etgan.

Eng ko'p kredit ajratgan banklar orasida O'zmillybank (107,1 trln so'm) va Agrobank (91,2 trln so'm) yetakchilik qilmoqda. Xususiy banklar orasida esa Kapitalbankning kredit portfeli 38,3 trln so'mni tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar