AsosiyJAMIYAT

Surxondaryo va Jizzaxda qariyb 9 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo'zg'atilgan.

'Surxondaryo va Jizzaxda qariyb 9 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida tezkor tadbirlar o'tkazildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan dala maydonida noma'lum shaxslar tomonidan tashlab ketilgan 4 kilogramm gashish moddasi aniqlangan.

Shuningdek, DXHning Jizzax viloyati bo'yicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida 1981 yilda tug'ilgan, Zarbdor tumanida yashovchi shaxs Jizzax shahrida to'xtatilib, tekshirilgan.

Uning yonidagi xo'jalik qopi ichida 4 kilogramm 840 gramm kannabis o'simligi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo'zg'atilgan. Hozirda tergov doirasida mazkur qonunbuzarliklarga aloqador shaxslarni aniqlash bo'yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar