AsosiyJAMIYAT

O'zbekistonda eng ko'p pensioner qaysi hududda yashashi ma'lum qilindi

Eng kam pensioner Sirdaryo viloyatida yashaydi — 111 ming 319 nafar. Bu Farg‘ona viloyatidagi ko‘rsatkichdan qariyb 4,6 barobar kam.

'O'zbekistonda eng ko'p pensioner qaysi hududda yashashi ma'lum qilindi'ning rasmi

O‘zbekistonda eng ko‘p pensioner qaysi hududda yashashi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4,36 million nafardan oshdi. Mamlakatda eng ko‘p pensioner Farg‘ona viloyatida istiqomat qiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026 yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha hisobotida qayd etilishicha, 1 iyul holatiga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasi tizimida pensiya oluvchilar soni 4 million 361 ming 432 nafarni tashkil qilgan. O‘rtacha oylik pensiya miqdori esa 1 million 688 ming 61 so‘mga yetgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p pensioner Farg‘ona viloyatida qayd etilgan — 515 ming 377 nafar. Samarqand, Andijon va Qashqadaryo viloyatlari bilan birga ushbu to‘rt hudud respublikadagi barcha pensionerlarning 41 foizini qamrab olgan.

Eng kam pensioner Sirdaryo viloyatida yashaydi — 111 ming 319 nafar. Bu Farg‘ona viloyatidagi ko‘rsatkichdan qariyb 4,6 barobar kam.

Aholi soniga nisbatan pensionerlar ulushi eng yuqori hududlar quyidagilar:

Buxoro viloyati — 12,9 foiz;
Navoiy viloyati — 12,1 foiz;
Farg‘ona viloyati — 11,9 foiz;
Toshkent shahri — 11,9 foiz.

Eng past ko‘rsatkich Jizzax (9,6 foiz) va Surxondaryo (9,7 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.

Shuningdek, 1 iyul holatiga ko‘ra, nogironlik pensiyasi oluvchilar ulushi Navoiy viloyatida 18,2 foiz, Sirdaryo viloyatida 17,7 foiz va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 15,3 foizni tashkil qilgan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, 2026 yilning birinchi yarmida Pensiya jamg‘armasida xizmat ko‘rsatish sifati ham yaxshilangan. Murojaatlar soni 39,2 foizga kamaygan, pensiyalarni proaktiv tarzda tayinlash ulushi esa 54–87 foizga yetgan.

Biroq sug‘urta mablag‘lari taqchilligi kengayib, tizimning davlat budjeti transfertlariga qaramligi saqlanib qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar