O'zbekistonda 2026 yil 1 iyuldan pensiya va nafaqalar, shuningdek, Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarga to'lanadigan bolalar nafaqasi hamda moddiy yordam miqdori 7 foizga oshirildi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 iyun kuni “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to'g'risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar berilgan edi.
Yangi tartibga ko'ra, Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarga to'lanadigan bolalar nafaqasi miqdori quyidagicha belgilandi:
▪️ 3 yoshgacha bo'lgan bir nafar kichik farzand uchun — 386 ming so'm;
▪️ 3 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bir nafar farzand uchun — 295 ming so'm;
▪️ oilaning ikkinchi farzandi uchun qo'shimcha — 177 ming so'm;
▪️ uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun qo'shimcha — 118 ming so'm.
Boshqa nafaqa va to'lovlar miqdori:
▪️ moddiy yordam — 450 ming so'm;
▪️ yoshga doir nafaqa — 878 ming so'm;
▪️ nogironligi bo'lgan bolaning onasiga yoshga doir nafaqa — 878 ming so'm;
▪️ I guruh nogironlik nafaqasi — 1 million 209 ming so'm;
▪️ II guruh nogironlik nafaqasi — 1 million 83 ming so'm.
Shuningdek, 2026 yil 1 iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oyiga 504 ming so'm etib belgilandi.
Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori esa 450 ming so'mni tashkil etadi.






