AsosiyJAMIYAT

Imzo uchun 14 million so‘m so‘ragan mansabdor pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan gumondor va boshqa shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” va “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Imzo uchun 14 million so‘m so‘ragan mansabdor pora olayotganda ushlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlari bo'yicha hisobotlarga imzo va muhr qo'yib berish evaziga 14 million so'm pora talab qilgan mansabdor ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga kelib tushgan murojaatda ayrim shaxslar davlat bog'chalariga shartnoma asosida yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari qabul qilinganini tasdiqlovchi hisobotlarga imzo va muhr qo'yib berish uchun noqonuniy pul talab qilayotgani bildirilgan.

Tezkor tadbir 20 iyul kuni o'tkazilgan. Unda 1987 yilda Jarqo'rg'on tumanida tug'ilgan shaxs o'z xizmat mavqeidan foydalanib, rahbarlik qilib kelayotgan davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda boshqa bir davlat bog'chasiga "Toshimurod Oydin" MChJ tomonidan yetkazib berilishi lozim bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari to'liq qabul qilinganini tasdiqlovchi hisobotlarga imzo va muhr qo'yib berish evaziga pora talab qilgani aniqlangan.

Mansabdor har bir bog'cha uchun 7 million so'mdan, jami 14 million so'm talab qilgan. U mazkur pul mablag'larini olayotgan vaqtda tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Boshqa yangiliklar

    Imzo uchun 14 million so‘m so‘ragan mansabdor pora olayotganda ushlandi - Darakchi.uz