AsosiyJAMIYAT

Oʻzbekistonda yarim yilda 92,3 mingdan ortiq nikoh qayd etildi

Qoraqalpog'iston Respublikasida ushbu ko'rsatkich 4 ming 982 tani tashkil etgan bo'lsa, Jizzax viloyatida 3 ming 546 ta, Navoiy viloyatida 2 ming 435 ta hamda Sirdaryo viloyatida 2 ming 310 ta nikoh davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

'Oʻzbekistonda yarim yilda 92,3 mingdan ortiq nikoh qayd etildi'ning rasmi

2026 yilning yanvar-iyun oylari davomida O‘zbekistonda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari tomonidan jami 92 ming 300 ta nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur davrda eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning soni 10 ming 150 tani tashkil etgan.

Undan keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 9 ming 787 ta, Qashqadaryo viloyati — 9 ming 597 ta va Toshkent shahri — 9 ming 459 ta nikoh bilan qayd etilgan.

Shuningdek, Andijon viloyatida 7 ming 660 ta, Surxondaryo viloyatida 7 ming 552 ta, Toshkent viloyatida 6 ming 933 ta, Namangan viloyatida 6 ming 458 ta, Xorazm viloyatida 5 ming 881 ta, Buxoro viloyatida 5 ming 564 ta nikoh ro‘yxatdan o‘tgan.

    Boshqa yangiliklar