Xitoy Hindiston bilan chegaradosh hududlardagi ikkita yuqori tog‘li aviabazaga kamida 11 ta J-20 rusumli beshinchi avlod yashirin qiruvchi samolyotini joylashtirdi.
Ma’lum qilinishicha, ularning yettitasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi Xotan aviabazasiga, yana to‘rttasi esa Tibet avtonom rayonida joylashgan Damxung aviabazasiga joylashtirilgan. Qayd etilishicha, bu Xitoyning Hindiston yo‘nalishidagi bitta aviabaza hududiga joylashtirgan eng yirik J-20 qiruvchilari guruhi hisoblanadi.
Ayni paytda Hindiston Harbiy-havo kuchlari tarkibida beshinchi avlod qiruvchi samolyotlari mavjud emas. Mamlakat harbiy aviatsiyasi asosan Fransiyada ishlab chiqarilgan 36 ta Rafale hamda eskirayotgan Su-30MKI qiruvchilariga tayanib kelmoqda.






