AsosiyJAMIYAT

Quvasoyda yer maydonini sotish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

'Quvasoyda yer maydonini sotish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi'ning rasmi

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida yer maydonini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, fuqaroni aldagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqarolar S. G‘. va X.S. o‘zaro til biriktirib, firibgarlik sodir etgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular fuqaro V.E.ga tuman hokimligi zaxirasidagi 32 sotix yer maydonini turar-joy qurish uchun rasmiylashtirib berishlarini va’da qilgan. Shuningdek, unga soxta kadastr yig‘ma jildi tayyorlab berib, 5 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritgan.

Tekshiruv jarayonida ushbu mablag‘larning 2400 AQSH dollari hamda 7,2 million so‘mi fuqaroga qaytarilgani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Boshqa yangiliklar