AsosiyDUNYO

Toshkent aeroportida 4,4 kg sintetik giyohvand modda musodara qilindi

Toshkent xalqaro aeroportida xorijdan olib kirilgan katta miqdordagi sintetik giyohvand modda aniqlanib, musodara qilindi.

'Toshkent aeroportida 4,4 kg sintetik giyohvand modda musodara qilindi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida "Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.

Ma’lum qilinishicha, "Bangkok — Sharja — Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga kelgan 1994 yilda tug‘ilgan Qozog‘iston fuqarosining qo‘l sumkalari tekshirilgan.

Tekshiruv davomida 8 ta shirinlik qadoqlari va 5 ta plastik idish ichiga yashirilgan jami 4,4 kg "Mefedron" sintetik giyohvand moddasi aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida mazkur moddani internet orqali sotuvchi shaxs topshirig‘i asosida poytaxtdagi mehmonxonalardan birida Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan shaxsga topshirish vaqtida yana bir gumonlanuvchi ham qo‘lga olingan.

Shuningdek, tekshiruv jarayonida ushlangan shaxs yonidan pnevmatik to‘pponcha aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar