AsosiyJAMIYAT

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizda saqlab qoldi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkani o'zgarishsiz qoldirdi.

'Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizda saqlab qoldi'ning rasmi

Markaziy bank boshqaruvining 29 iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi yakuniga ko‘ra, asosiy stavka 14 foiz darajasida saqlab qolindi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik hisobda 6,4 foizni tashkil etgan. Bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foiz darajasida o‘zgarishsiz qolgan.

Shuningdek, Markaziy bank yil yakuniga qadar umumiy inflyatsiya 6,5 foiz atrofida bo‘lishini prognoz qilgan. Iqtisodiy o‘sish bo‘yicha prognoz esa 7,5–8 foiz darajasida saqlab qolingan.

Qayd etilishicha, iyun oyida energiya resurslari va toshko‘mir narxlarining oshishi ta’sirida inflyatsiya sur’atlarida qisqa muddatli o‘sish kuzatilgan.

Markaziy bankning pul-kredit siyosati inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli ko‘rsatkichga tushirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholining xarid qobiliyatini saqlashga qaratilgan holda davom ettiriladi.

Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2026 yil 16 sentyabr kuniga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 17 iyun kuni ham asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirgan edi.

    Boshqa yangiliklar