Davlat rahbari Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan ushbu mamlakat poytaxti Ostona shahriga kelgan.
Ostona xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidentini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Shavkat Mirziyoyev "Kelajak o‘yinlari" uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Mazkur tashrif doirasida ikki tomonlama hamkorlikka oid boshqa masalalar ham muhokama qilinishi kutilmoqda.






