AsosiyJAMIYAT

Profilaktika inspektori o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan erkakni qutqardi

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

'Profilaktika inspektori o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan erkakni qutqardi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, 22 iyul kuni tongda "112" qisqa raqamiga Vobkent tumanidagi xonadonlardan birida oilaviy janjal sodir bo'lgani haqida xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, er-xotin o'rtasidagi mojaro sabab ayol uydan chiqib ketgan, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi esa qattiq mast holatda bo'lgan otasi bilan xonadon ichida qolgan.

Voqea joyiga yetib kelgan profilaktika inspektori eshik ichkaridan qulflangani sababli devordan oshib, hovliga kirgan. U avvalo bolalarni xavfsiz joyga olib chiqqan.

Shundan so'ng inspektor erkakni tinchlantirishga harakat qilgan. Biroq u qo'liga oshxona pichog'ini olib, tomog'iga tiragan holda o'z joniga qasd qilish bilan tahdid qilgan.

Vaziyat keskinlashganiga qaramay, profilaktika inspektori muloqotni davom ettirib, psixologik usullar orqali erkakni chalg'itishga erishgan. Qulay fursatdan foydalanib, uning qo'lidagi pichoqni olib qo'ygan va fuqaroni zararsizlantirgan.

Ichki ishlar vazirligiga ko'ra, profilaktika inspektorining tezkor harakatlari natijasida ikki nafar bolaning hayoti saqlab qolingan hamda og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan holatning oldi olingan.

    Boshqa yangiliklar