O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga amaliy tashrifi yakunlandi.
Ostona shahri xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Nurlan Nurlibek va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Ostona shahridagi "Barys Arena" muz saroyida bo‘lib o‘tgan "Kelajak o‘yinlari" uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda davlat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va sport sohasi vakillari qatnashdi.
Amaliy tashrif dasturini yakunlagan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.






