AsosiyJAMIYAT

2 yoshli bola basseynda cho‘kib halok bo‘ldi

Holat yuzasidan politsiya tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.

'2 yoshli bola basseynda cho‘kib halok bo‘ldi'ning rasmi

Hodisa 29 iyul kuni soat 16:00 atrofida Oqhisor mahallasidagi 197-ko‘chada joylashgan turar joy majmuasida sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2 yoshli Qodir Tohum bir muddatga bedarak yo‘qolgan. Bolani topa olmagan oila a’zolari va yaqinlari atrof hududda qidiruv ishlarini boshlagan.

Taxminan bir soat davom etgan qidiruvlardan so‘ng bola turar joy majmuasidagi suzish havzasidan harakatsiz holatda topilgan. Uni havzadan chiqarish vaqtida mazkur majmuada yashovchi tez tibbiy yordam mutaxassisi Timur Sarach birinchi yordam ko‘rsatgan.

Shundan so‘ng 112 tez tibbiy yordam xizmatiga xabar berilgan. Voqea joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimlari bolaga yurak massaji o‘tkazgan va uni Ineğul davlat kasalxonasiga olib borgan. Biroq shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, Qodir Tohumning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Bolasidan ayrilgan ota-ona qayg‘uga botdi.

Farzandining vafoti haqidagi xabarni eshitgan onasi Shahodat va otasi Mehmet Tohum og‘ir qayg‘uga tushgan.

Kuchli ruhiy iztirobga tushgan ona kasalxonaning muolaja xonasi oldida ko‘z yosh to‘kib, “Qodir, chiq, onam, u yerdan”, deya faryod solgan.

2 yoshli bolaning o‘limi uning yaqinlarini chuqur qayg‘uga soldi. Marhumning jasadi prokuror ko‘rigi o‘tkazilganidan so‘ng o‘lim sababini aniqlash uchun Sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar