AsosiyJAMIYAT

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

Uchrashuvlarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

'Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 iyul kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadiy Japarovning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi.

Davlat rahbari tashrif doirasida Cholponota shahrida Qirg‘iziston Prezidenti Sadiy Japarov bilan oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. Uchrashuvlarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon yetakchilarining norasmiy Maslahat uchrashuvida ham ishtirok etadi.

Mazkur tadbir davomida mintaqa davlatlari o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, transport-kommunikatsiya, energetika hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar