Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan Sayilgoh hududidagi barcha bino va inshootlar yagona "dizayn-kod" asosida qayta ta’mirlanadi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Toshkent shahrini 2026-2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 279-sonli qarorida belgilandi.
Qarorga muvofiq, Sayilgoh hududidagi barcha bino va inshootlarning tashqi qiyofasi yagona arxitektura va shaharsozlik talablari asosida tartibga keltiriladi.
Mazkur ishlar uchun Toshkent shahar hokimligi hamda Madaniy meros agentligi mas’ul etib belgilangan. Shuningdek, madaniy meros obyektlari va ularning qo‘riqlanadigan hududlarida qurilish, buzish hamda obodonlashtirishga oid barcha loyihalar Madaniy meros agentligi bilan majburiy tarzda kelishilishi ko‘zda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, Sayilgoh hududini "dizayn-kod" asosida qayta ta’mirlash ishlari 2027 yil yakuniga qadar to‘liq yakunlanishi lozim.






