AsosiyJAMIYAT

O'zbekistonning besh hududida chang-to'zon kuzatilishi mumkin.

Mutasaddilar aholidan kuchli shamol va chang-to'zon vaqtida ehtiyotkorlik choralariga amal qilishni, zarurat bo'lmasa, ochiq havoda uzoq vaqt bo'lmaslikni tavsiya etmoqda.

'O'zbekistonning besh hududida chang-to'zon kuzatilishi mumkin.'ning rasmi

Bugun, 31 iyul kuni O'zbekistonning besh hududida kuchli shamol esishi va ayrim joylarda chang-to'zon kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda "O'zgidromet" xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, kunduzi Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim hududlarida shamol tezligi soniyasiga 13–18 metrgacha kuchayadi. Shu bilan birga, mazkur hududlarda ayrim joylarda chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin.

Mutasaddilar aholidan kuchli shamol va chang-to'zon vaqtida ehtiyotkorlik choralariga amal qilishni, zarurat bo'lmasa, ochiq havoda uzoq vaqt bo'lmaslikni tavsiya etmoqda.

Eslatib o'tamiz, "O'zgidromet" avvalroq avgust oyi O'zbekistonda quruq va nisbatan issiq ob-havo bilan boshlanishini ma'lum qilgan edi. Prognozga ko'ra, oyning dastlabki kunlarida ayrim hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko'tarilishi, shundan so'ng esa harorat 3–5 darajaga pasayishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar