AsosiyJAMIYAT

Toshkent avtobuslarida chiptasiz yurish qimmatga tushmoqda

Bir yilda 79 mingdan ortiq yo‘lovchi avtobusda chiptasiz yurgani aniqlandi.

'Toshkent avtobuslarida chiptasiz yurish qimmatga tushmoqda'ning rasmi

2026 yil boshidan buyon Toshkent shahri avtobuslarida chiptasiz harakatlangan 79,6 ming nafar yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shundan 10,5 mingta holat iyul oyida qayd etilgan. Chiptasiz yo‘l haqi to‘lamasdan harakatlanganlik uchun jarima miqdori 41,2 ming so‘mni tashkil etadi.

Yil boshidan beri undirilgan jarimalar summasi qariyb 2 milliard so‘mga yetgan. Iyul oyida esa 234,6 million so‘m jarima undirilgan.

Nazorat tadbirlari Toshkent shahridagi yo‘lovchi tashish xizmatlarini monitoring va nazorat qilish tashkiloti xodimlari tomonidan o‘tkazilmoqda. Joriy yil yanvar oyidan buyon poytaxtdagi 82 ta avtobus yo‘nalishida reydlar amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, chiptasiz yo‘lovchilarni ma’muriy javobgarlikka tortish amaliyoti 2025 yil 14 martdan boshlangan.

    Boshqa yangiliklar

    Toshkent avtobuslarida chiptasiz yurish qimmatga tushmoqda - Darakchi.uz