AsosiyJAMIYAT

Markaziy Osiyo uchun yagona turistik viza joriy etilishi mumkin.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Qirg‘izistonning yagona turistik viza tashabbusini qo‘lladi.

'Markaziy Osiyo uchun yagona turistik viza joriy etilishi mumkin.'ning rasmi

Qozog‘iston va O‘zbekiston Qirg‘izistonning xorijlik sayyohlar uchun Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab sayohat qilish imkonini beruvchi yagona turistik viza joriy etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Cho‘lponota shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlarining norasmiy maslahat uchrashuvi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada turizm salohiyatini yanada oshirish, sayyohlar uchun qulayliklar yaratish va davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida yagona turistik viza tizimini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda.

U mazkur tashabbus Markaziy Osiyoning barcha davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildirgan.

Agar yagona turistik viza joriy etilsa, xorijlik sayyohlar har bir davlat uchun alohida viza olish o‘rniga bitta ruxsatnoma orqali mintaqa mamlakatlariga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangi tizim Markaziy Osiyoni yagona turistik yo‘nalish sifatida targ‘ib qilish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish va mintaqaning tarixiy hamda madaniy obyektlariga qiziqishni oshirishga xizmat qilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar