AsosiyDUNYO

Erdo‘g‘onga suiqasd qilgan shaxs 10 yildan so‘ng qo‘lga olindi

Tergov ma'lumotlariga ko'ra, u suiqasd guruhining ozodlikda yurgan so'nggi a'zosi bo'lgan.

'Erdo‘g‘onga suiqasd qilgan shaxs 10 yildan so‘ng qo‘lga olindi'ning rasmi

Turkiyada 2016 yil 15 iyul kunigi davlat to‘ntarishiga urinish paytida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga suiqasd uyushtirishda ayblangan va xalqaro qidiruvda bo‘lgan B.K. ismli shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.

Turkiya Ichki ishlar vazirligi ma'lum qilishicha, u FETO tomonidan amalga oshirilgan to‘ntarishga urinish vaqtida Marmaris shahrida Erdo‘g‘on turgan mehmonxonaga yuborilgan 37 kishilik guruh tarkibida bo‘lgan. B.K. sobiq kapitan va harbiy vertolyot uchuvchisi bo‘lib, keyinchalik xizmatdan chetlatilgan.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, u suiqasd guruhining ozodlikda yurgan so‘nggi a'zosi bo‘lgan. U 1 avgust kuni Afyonqarahisor shahrida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida qo‘lga olingan.

Vazirlikning bildirishicha, B.K.ga prezidentga suiqasd uyushtirish, davlat xizmatchisini o‘ldirish, Harbiy jinoyat kodeksini buzish hamda qurolli bosqinchilik kabi ayblovlar qo‘yilgan.

    Boshqa yangiliklar

    Erdo‘g‘onga suiqasd qilgan shaxs 10 yildan so‘ng qo‘lga olindi - Darakchi.uz