AsosiyJAMIYAT

Toshkent mahallalarida obodlik va bandlik bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Mazkur chora-tadbirlar mahallalarda obod muhit yaratish, aholi farovonligini oshirish va hududlarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlashga qaratilgan.

'Toshkent mahallalarida obodlik va bandlik bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi'ning rasmi

Toshkent shahrida "Mahallada obodlik va mehr-sahovat oyligi" doirasida mahallalarni obodonlashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish va aholi bandligini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

Shayxontohur tumanidagi Alisher Navoiy kinosaroyida o'tkazilgan kengaytirilgan yig'ilishda Prezident Administratsiyasi vakillari, huquq-tartibot idoralari, kommunal xizmatlar, "Mahalla" uyushmasi mutasaddilari hamda poytaxtdagi mahalla raislari ishtirok etdi. Yig'ilishda 1200 ga yaqin mas'ul va rahbar qatnashdi.

Yig'ilishda quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi:

Ko'cha, hovli, ariq va xiyobonlarni obodonlashtirish hamda ko'kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish;

Mahallalardagi infratuzilma muammolarini bartaraf etishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish va ularni aholi ishtirokida shakllantirish;

Ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb qilish bo'yicha mahalla banklari bilan tizimli ishlarni yo'lga qo'yish;

Kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash va debitor qarzdorlikni qisqartirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Shuningdek, mahallalardagi infratuzilma muammolarini hal etish, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb qilish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va qarzdorlikni kamaytirish bo'yicha mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Qayd etilishicha, mazkur chora-tadbirlar mahallalarda obod muhit yaratish, aholi farovonligini oshirish va hududlarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlashga qaratilgan.

    Boshqa yangiliklar