Toshkent shahri Yunusobod tumanida bolalar maydonchalari va sport o‘yingohlari hududlaridagi qurilish holatlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.
Jumladan, Amir Temur shoh ko‘chasi, 41-uy manzilida joylashgan 271-sonli maktab hududi tekshirildi.
O‘rganishlar davomida maktab hududidagi yer uchastkasi va bino-inshootlar amaldagi hujjatlar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani, shuningdek, hududda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni yoki noqonuniy qurilmalar mavjud emasligi aniqlandi.
Ma‘lum bo‘lishicha, davlat-xususiy sheriklik kelishuvi va ijara shartnomasi asosida "ASIAN SCHOOL" MChJga 4 ming kvadrat metr yer maydoni ijaraga berilgan.

O‘rganish natijasida hududni o‘rab turgan tunuka to‘siqlar olib tashlanib, yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

Mas‘ullar ijtimoiy ob‘ektlar, xususan, bolalar maydonchalari va sport hududlaridan qonuniy foydalanish bo‘yicha nazorat ishlari davom ettirilishini ma‘lum qildi.






