AsosiyJAMIYAT

O'zbekistonning tog'li hududlarida sel va suv toshqini xavfi e'lon qilindi.

Oʻzbekistonda 4–7 avgust kunlari kuzatilishi kutilayotgan yogʻingarchilik sababli ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarda sel hamda suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

'O'zbekistonning tog'li hududlarida sel va suv toshqini xavfi e'lon qilindi.'ning rasmi

Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati tomonidan berilgan tezkor maʼlumotga koʻra, yomgʻirlar sabab quyidagi hududlarda xavfli gidrometeorologik holatlar kuzatilishi ehtimoli bor.

Xususan, Toshkent viloyatining Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

Fargʻona viloyatining Soʻx, Shahimardon, Fargʻona va Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahrida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Mutasaddilar togʻ oldi va togʻli hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar hamda mazkur hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishga chaqirdi.

Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomgʻir suvlari toʻplanishi natijasida hududlarni suv bosishi ehtimoli borligi ogohlantirildi.

    Boshqa yangiliklar