AsosiyJAMIYAT

Sayhunobodda 18 yoshli qizga qo‘llangan jarima bekor qilindi

Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanida 18 yoshli qizga nisbatan chiqarilgan ma'muriy jazo bekor qilindi.

'Sayhunobodda 18 yoshli qizga qo‘llangan jarima bekor qilindi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati sudi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, avval Jinoyat ishlari bo‘yicha Sayxunobod tuman sudining 2026 yil 28 iyul kuni qarori bilan G.I. (2008 yilda tug‘ilgan) mayda bezorilik huquqbuzarligini sodir etgan deb topilib, unga Bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima tayinlangan edi.

Mazkur qaror ustidan G.I. tomonidan berilgan shikoyat Sirdaryo viloyati sudining apellyatsiya instansiyasida qayta ko‘rib chiqildi. Apellyatsiya sudi birinchi instansiya qarorini bekor qildi.

Sud xulosasiga ko‘ra, G.I.ning harakatlarida huquqbuzarlik hodisasi mavjud emasligi sababli ma’muriy ish unga nisbatan tugatildi.

Shuningdek, apellyatsiya instansiyasi tomonidan mazkur ma’muriy ish bo‘yicha surishtiruv harakatlarini amalga oshirgan ichki ishlar organi profilaktika inspektori hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Sayxunobod tuman sudining tergov sudyasiga nisbatan tegishli taqdimnomalar kiritildi.

    Boshqa yangiliklar